Yangiliklar Filial Tarmoq Tariflar Mijozlarga Telefonlar
RUS UZB
YANGILIKLAR
FILIAL
TARMOQ
TARIFLAR
ABONENTLAR
TELEFONLAR
BOG'LANISH MA"LUMOTLARI
ABONENT KITOBI
 
 ASOSIY

IYUL

15.07.2010 | Internet xizmatining yangi tarif rejalari
2010 yil 15 iyuldan UzMoble kompaniyasi internet xizmatining yangi tarif rejalarini joriy etdi.

01.07.2010 | Bepul Gudok
2010 yil 1 iyuldan UzMoble kompaniyasi o`z abonentlariga Ringbacktone musiqasini bir oyga bepul taqdim etadi. Xizmatni 0770 raqamiga OFF so`zini jo`natish yo`li bilan o`chirish mumkin. Xizmatdan Toshkent, Andijon, Farg`ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari abonentlari foydalanishlari mumkin.

IYUN

08.06.2010 | Seminar
2010 yil 4-5 iyun kunlari “Central Asian CDMA Forum” kompaniyasi tomonidan professor Ismoil Shoh ishtirokida “O`zbektelekom” AK ning Injener texnik markazi binosida “EV-DO texnologiyasiga o`tish va tarmoqni optimizasiya qilish” mavzusida seminar o`tkazildi. Seminarda UzMobile mutahassislari qatnashdilar. Seminarning asosiy maqsadi EV-DO texnologiyasini joriy qilish va tarmoqni optimizasiya qilish bo`yicha hodimlarni malakasini oshirish. Seminarda CDMA-450 tarmog`ini CDMA-450 1X EV-DO Relice 0 va CDMA 450 1X EV-DO REV A texnologiyasida ekspluatasiya qilish va tarmoqni rivojlantirish bo`yicha savollar ko`rildi.

ÌÀÉ

03.05.2010 | Yangi tarif rejalari
2010 yil 1 maydan UzMoble kompaniyasi yangi tarif rejalarini joriy etdi.

APREL

28.04.2010 | Xalqaro rouming
Endi UzMobile kompaniyasining Jizzah, Samarqand, Qashqadaryo va Surhandaryo viloyatlari abonentlari ham Xalqaro rouming xizmatidan Moskva shahri va Moskva viloyatida foydalanishlari mumkin.

MART

18.03.2010 | «GUDOK» xizmiti kengaymoqda
2010 yil 22 mart kunidan e`tiboran UzMobile kompaniyasining «GUDOK» xizmatidan Andijon, Farg`ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari abonentlari ham foydalanishlari mumkin. Shu kunga qadar mazkur xizmat faqatgina Toshkent shahri va Toshkent viloyati abonentlariga ko`rsatilar edi. “GUDOK” qo’shimcha xizmat turi UzMobile abonentlariga oddiy chaqiruv signalini turli xil musiqalar, audio roliklar yoki hazil mutoibalar bilan almashtirish imkoniyatini beradi. “GUDOK” xizmatidan foydalanuvchilar o’zlari istagan abonentlar yoki guruhlar uchun maxsus musiqalarni o’rnatishlari mumkin. Shuningdek musiqalarni ma’lum vaqt yoki telefon raqamlar uchun alohida o’rnatish imkoniyati ham mavjud. Batafsil ma’lumotlar www.gudok.uz saytida.

17.03.2010 | Yangi texnologiya joriy qilinmoqda
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1041 sonli qarori bo`yicha amalga oshirilayotgan UzMobile kompaniyasi CDMA-450 mobil aloqa tarmog`ini rivojlantirish loyihasi doirasida aloqa qamrovini yanada kengaytirish va EV-DO texnologiyasini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqsadda Respublika viloyatlarida qo`shimcha 100 ta baza stansiyalarni o`rnatish va kommutasiya markazlarida modernizasiya qilish, ularning sig`imini oshirish ishlari yakunlanmoqda. UzMobile tarmog`i EV-DO texnologiyasiga o`tganidan so`ng abonentlarimiz 3,1 mb/sek. gacha tezlikdagi Internet va ma`lumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek EV-DO texnologiyasiga o`tish ko`plab turdagi qo`shimcha xizmat turlarini joriy qilish imkoniyatlarini beradi

13.03.2010 | Seminarlar
2010 yil 15 fevraldan 12 martgacha “O`zbektelekom” ÀÊ ning hududiy filiallarini telekommunikatsiya bog`lamalari operatorlari o`quv seminarlari o`tkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi - mutaxassislarni “O`zbektelekom Mobayl” filiali tarmog`iga yangi abonentlarni ulash va ularga xizmat ko`rsatishga o`qitishdir.
Shuningdek seminarlar davomida hamkorlikda simsiz aloqa xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha “O`zbektelekom” ÀÊ ning hududiy filiallari va “O`zbektelekom Mobayl” filiali o`rtalaridagi o`zaro munosabatlar to`g`risida masalalar muhokama qilindi.

YANVAR


25.01.2010 | Abonentlarni bepul sug`urtalash
2010 yil 25 yanvardan "O`zbektelekom" AK "O`zbektelekom Mobile" filialiga yangi ulanayotgan mijozlar (jismony shaxslar) baxtsiz xodisalardan "ALSKOM" kompaniyasi tomonidan sug`urtalanadi Batafsil ma’lumot…

Yangiliklar arxivi...

© Copyright — 2008 UzMobile Íåñàíêöèîíèðîâàííîå èñïîëüçîâàíèå ìàòåðèàëîâ ñàéòà çàïðåùåíî   Òîï ðåéòèíã www.uz
info@uzcdma.uz — îáùèå âîïðîñû, êîììåíòàðèè, ïîæåëàíèÿ.
 Àäðåñ: ïðîñï. Áóí¸äêîð 8, òåë.: 177-09-09, 227-08-95